Bayden reytingi rekord darajada tushib ketganiga munosabat bildirdi 

Olam

image

Avvalroq, Jo Baydenning AQSH yetakchisi sifatida dastlabki to‘qqiz oydagi mashhurligi undan oldingi Prezidentlarnikidan tezroq pasayib borayotgani haqida xabar bergandik. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden bu borada o‘z fikrini bildirdi. Baydenga ko‘ra, u reytingining tushib ketishiga e’tibor bermaydi.  

“So‘rovlar tushishi, ko‘tarilishi mumkin. Avvaliga ular balandroq edi, keyin o‘rtaga tushdi, keyin o‘sdi, endi esa yana pastga tushdi. Bu boshqa barcha Prezidentlarda ham bo‘lgan, lekin men so‘rovnomalarda qanday ishlayotganimni aniqlash uchun saylanmadim. Men AQSH Prezidenti sifatida va’dalarimni bajara olishimga ishonch hosil qilganim uchun saylandim”, degan Bayden G20 sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar G20 sammitida yetarlicha qo‘llab-quvvatlangan. 

“AQSH butun kun tartibining eng muhim qismidir”, degan AQSH Prezidenti. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Baydenning mashhurligi iyul oyida, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish kuchaygan paytdan boshlab tusha boshlagan va avgust oyining oxirida Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining tartibsiz chiqib ketishi vaziyatni yanada kuchaytirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, demokrat, sobiq vitse-prezident va 36 yillik Kongress a’zosi Bayden 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSHning 46-Prezidenti etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Bayden

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing