Bayden raketa hujumlari ortidan Ukrainaga navbatdagi harbiy yordamni ajratdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 725 million dollargacha miqdorda qo‘shimcha harbiy yordam ajratishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatining juma kuni tarqatgan bayonotida aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Bayden AQSH Davlat kotibiga Ukrainaga yordam berish uchun AQSH Mudofaa vazirligining mudofaa mahsulotlari va xizmatlari, harbiy tayyorgarlik va ta’lim uchun umumiy qiymati 725 million dollargacha mablag‘ ajratish vakolatini berdi. Vashington Kiyevga qanday qurollar yuborishi hozircha aniqlanmagan.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, yordam “Rossiyaning Ukraina bo‘ylab tinch aholiga qarshi shafqatsiz raketa hujumlari” va “Rossiya qo‘shinlarining vahshiyliklari dalillari ortib borayotgani” munosabati bilan berilmoqda.

Yangi harbiy yordam paketiga, xususan, HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari uchun o‘q-dorilar, 23 000 ta 155 mm artilleriya snaryadlari va 5 000 tankga qarshi tizimlar kiradi, deyiladi Pentagon veb-saytida e’lon qilingan hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rdi. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. 

Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi. Germaniya esa avval va’da qilgan xenit-raketa majmuasini Kiyevga yetkazib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing