Bayden Putinni “fohishaning o‘g‘li” deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putinni haqorat qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Saylovoldi kompaniyasi uchun donorlar guruhi oldida chiqish qilgan Bayden yadroviy mojaro xavfi doimo mavjudligi, ammo iqlim insoniyat uchun ekzistensial tahdid bo‘lib qolayotganini aytgan.

“Oxirgi ekzistensial tahdid – bu iqlim. Putin kabi aqldan ozgan fohishaning o‘g‘li bor ekan, biz doimo yadroviy mojaro haqida qayg‘urishimiz kerak. Ammo insoniyat uchun ekzistensial tahdid bu iqlimdir”, deydi Bayden.

Shuningdek, Bayden o‘zining huquqiy muammolarini rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga qiyoslagan AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni ham tanqid qilgan.

“U o‘zini Navalniyga qiyoslaydi va bizning mamlakatimiz kommunizmga aylangani uchun u ham xuddi Navalniy kabi ta’qibga uchraganini aytadi. Bu qayerdan paydo bo‘ldi?”, deydi Bayden.

AQSH Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, agar u buni 10-15 yil avval aytganida, hamma uni jamiyatdan ajratib qo‘yish kerak, deb o‘ylagan bo‘lardi.

Qayd etish joizki, bu Jo Baydenning omma oldida birinchi marta so‘kinishi emas. 2022 yil yanvar oyida AQSH Prezidenti Bayden va uning iqtisodiy maslahatchilari o‘rtasidagi uchrashuvda inflyatsiya haqida savol bergan “Fox News” jurnalisti Piter Dusini “ahmoq fohishaning o‘g‘li” degandi. Voqea Amerika telekanallarida namoyish etilgandi. Keyinroq Dusi voqeadan bir soat o‘tib, Bayden u bilan telefon orqali bog‘lanib, kechirim so‘raganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin haqorat Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing