Bayden Putinga bergan va’dasini bajarganini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga butun dunyo bo‘ylab xakerlarni qo‘lga olish haqida bergan va’dasini bajarganini aytdi.  

“Iyun oyida Prezident Putin bilan uchrashganimda, men AQSH kiberjinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun chora ko‘rishini aniq aytgandim. Biz buni bugun qildik”, degan Oq uy rahbari. 

Hujjat Qo‘shma Shtatlar Rossiya fuqarosi Yevgeniy Polyanskiy va ukrainalik Yaroslav Vasinskiyga nisbatan kiberfiribgarlikda ayblov qo‘ygani ma’lum bo‘lgach e’lon qilingan. 

“Bu yo‘nalishda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Ammo Amerika kerakli infratuzilmani mustahkamlash uchun muhim qadamlar qo‘ydi”, degan Bayden. 

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, uning ma’muriyati amerikaliklar va Amerika manfaatlarini kiber tahdidlardan himoya qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishda davom etadi. 

Qo‘shma Shtatlarda Polyanin va Vasinskiy kiberto‘lov dasturlari bilan shug‘ullangan va o‘z qurbonlaridan 200 million dollardan ortiq kriptovalyuta olgan xakerlar guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. AQSH Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari butun dunyo bo‘ylab 175 mingga yaqin kompyuterga kiritilgan Sodinokibi/REvil dasturiy ta’minotidan foydalangan. Ularning ikkisi ham sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan. 

Bosh prokuror Merrik Garlendning so‘zlariga ko‘ra, Polyanin “tovlamachilik maqsadida kiberhujumlar”da ayblangan. Amerika adliyasiga ko‘ra, u o‘z qurbonlaridan jami 13 million dollar olgan, shundan olti milliondan ortig‘i musodara qilingan. 

Rossiyalik 28 yoshda ekani va u Barnaulda bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Vasinskiy iyul oyida Kaseya IT firmasi va yana to‘qqiz Amerika kompaniyasiga qilingan kiberhujumda gumon qilinmoqda. 

Ukrainalik esa 22 yoshda, u allaqachon Polshada hibsga olingan va AQSHga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Yigitga 11 ta band, jumladan, firibgarlik va pul yuvish uchun til biriktirish hamda kompyuterlarga qasddan zarar yetkazish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 

Davlat departamentining ta’kidlashicha, AQSH hukumati Sodinokibi/REvil guruhi rahbarlarini aniqlash va topishga yordam beradigan ma’lumot uchun o‘n million dollargacha mukofot taklif qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing