Bayden Putin sanksiyalarga qanday javob qilishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arbning unga qarshi ko‘rayotgan choralariga kiberhujumlar bilan javob berishi mumkin.

“Keyinchalik nima bo‘lishini ehtiyotkorlik bilan kutishimiz kerak. Biroq, gap shundaki, bu [ya’ni, G‘arbga Rossiyadan kelayotgan qandaydir tahdid] haqiqat. Va shu zahoti barchangizga aytib o‘tmoqchi bo‘lgan narsam shuki, mening fikrimcha, bizningcha, u foydalanadigan vositalardan biri bu kiberhujumdir. ”, degan Bayden milliy biznes vakillari bilan uchrashuvda Putinning imkoniyatlari va Moskvaning G‘arb sanksiyalari va boshqa cheklovlarga javobi haqida gapirib.

Ular kibermakonda juda murakkab qobiliyatga ega, deydi Bayden Rossiyaga ishora qilib.

Putin avvalroq Moskvani amerikalik kompaniyalarga kiberhujumlar uyushtirishgani haqidagi ayblovlarni kulgili deb atagan edi.

Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan Qo‘shma Shtatlar rasmiy Moskvaga qarshi bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalarda sanksiyalar kiritdi. Savdodagi cheklovlar Rossiya harbiy-sanoat majmuasiga, samolyotsozlik va kemasozlikka ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Vashington "Rosneft", "Gazprom neft", "Transneft", "NOVATEK", "Rostex", "ALROSA" va boshqa kompaniyalarga nisbatan sohaviy sanksiyalar kiritdi.

Bank sohasida Qo‘shma Shtatlar Rossiya Bankining dollardagi aktivlarini muzlatishga qaror qildi, shuningdek, VTB, "Otkritiye", "Sovkombank", "Promsvyazbank" va "Novikombank"ga qarshi to‘liq blokirovka qiluvchi sanksiyalar joriy qildi. "Sberbank", "Gazprombank", RSXB, "Alfa-Bank" va Moskva kredit banki yumshoqroq cheklovlar ostida qoldi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovga shaxsiy sanksiyalar joriy etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

771

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing