Bayden Putin bilan uchrashuvda bayonotlarini dangal aytmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida o‘z bayonotlarini ochiq aytadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki xabar bermoqda.

“Prezident (Bayden — tahr.) Putinni azaldan taniydi. U Rossiya rasmiylarining xatti-harakatlari demokratik qadriyatlarga mos kelmasa, o‘z qo‘rquvi yoki xavotirini bildirgan holda o‘zini hech qachon tiyib turmagan”, deydi Psaki brifing paytida jurnalistlarga.

Uning fikriga ko‘ra, bu “yanada barqaror va taxmin qilingan munosabatlarga” o‘tishga yordam beradi. Oq uy vakili, shuningdek, jurnalistlar Jeneva uchrashuvidan so‘ng Prezident Baydenga savollar berishlari mumkinligini aytdi.

“Albatta, sizda ham Prezident Putinga savollar berish imkoniyati bo‘ladi deb umid qilamiz. Ushbu format qanday ko‘rinishda bo‘lishini keyingi ikki kun ichida bilib olamiz. Hali ham muhokama qilinmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, Baydenning Putin bilan muzokaralari 16 iyun, chorshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing