Bayden Putin haqida gapirib, tasodifan Oq uyning rejalarini oshkor qildi

Olam

image

Oq uy Prezident Jo Bayden ma’muriyatining maqsadlari haqida Amerika xalqiga yolg‘on gapirmoqda. Bu haqda AQSH prezidentligiga sobiq nomzod va Gavayi okrugidan Vakillar palatasining (Kongressning quyi palatasi) sobiq a’zosi Tulsi Gabbard “Fox News” telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Baydenning Vladimir Putinga nisbatan qo‘pol bayonoti yanglishish sabab aytib yuborilmagan.

“Prezident Bayden o‘z ma’muriyatining Rossiyadagi hokimiyatni o‘zgartirish, Putinni hokimiyatdan chetlatish maqsadlari haqida shunchaki baland ovozda gapirdi. Ular iqtisodiy urushning asosiy vositalaridan foydalangan holda o‘z maqsadlariga intilmoqda, Rossiyani zamonaviy qamal qilish, uni izolyatsiyalash, cheklash, rus xalqiga zarar yetkazish orqali Rossiya fuqarolari yoki harbiylari o‘z hukumatini ag‘darib, Putindan qutulishlariga umid qilmoqdalar”, deb ta’kidlaydi Gabbard.

Gabbarning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar aholisi Oq uyning Amerika manfaatlari zonasiga kiruvchi davlatlar ishlariga aralashuvidan charchagan.

“Ular mamlakatimiz doimo boshqa davlatlarda hokimiyatni o‘zgartirishga harakat qilayotganidan allaqachon juda charchaganimizni bilishadi. Iroq, Liviya, Suriya va boshqa yerlardagi urushlar qanchalik halokatli va qimmatga tushganini eslaymiz. Biz bu urushlarni mutlaqo qabul qilmaymiz. Shunday ekan, to‘liq rostini aytsa, ularning reytingi hozirgidan ham tushib ketadi, siyosati zarar ko‘radi”, deydi Gabbard.

Avvalroq, Oq uy rahbari Polsha-Ukraina chegarasiga tashrifi chog‘ida Rossiya hech qachon Ukraina ustidan g‘alaba qilolmasligi va Vladimir Putin hukumatda qololmasligini aytgandi. 

Shundan so‘ng, AQSH ma’muriyati Amerika Prezidenti Jo Baydenning Varshavadagi so‘zlarini tushuntirib, u Rossiyada hokimiyatni ag‘darish niyatida emasligi haqidagi bayonot bilan chiqqan. 

Bundan tashqari, Bayden Putinni “qassob”, shuningdek ikkinchi bor “harbiy jinoyatchi” deb atagandi.

Bayden “harbiy jinoyatchi” ta’rifini Rossiya yetakchisiga nisbatan birinchi bor 16 mart kuni ishlatgandi. U Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda shunday bayonot bergan. “Fox News” muxbiri Amerika yetakchisidan Putinni harbiy jinoyatchi deyishga tayyormisiz, deb so‘raganida, Bayden avvaliga salbiy javob bergan va xonani tark etgan. Biroq, u keyin qaytib kelib, “U harbiy jinoyatchi”, deb javobini o‘zgartirgan. Ertasi kuni u Putinni “qotil diktator” va “bandit” deb atagan.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bayden Putinga nisbatan haqoratga o‘tayotganini ta’kidlab, Kreml bunga munosabat bildirmasligini qo‘shimcha qilgan. Har qanday munosabat Bayden tomonidan bildirilayotgan yanada dahshatli ayblov bilan qarshilashishi qayd etilgan.

Shuningdek, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin dono siyosatchi bo‘lgani uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘zi haqidagi nomaqbul bayonotlariga javob qaytarmayapti.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Baydenning Putinga qarshi ayblovlari AQSH-Rossiya munosabatlarini jar yoqasiga keltirib qo‘ygani haqida ogohlantirdi. Tashqi ishlar vazirligi bunday bayonotlar qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

1529

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing