Bayden prezidentlik poygasini tark etish sababini aytdi
Olam
−
12 avgust
4796AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishiga Kongress saylovlarida Demokratik partiyaga zarar yetkazishni istamagani sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
“Bu butun yo‘l bo‘ylab davom etadigan poyga edi. Ammo nima bo‘ldi, Vakillar palatasi va Senatdagi ba’zi demokrat hamkasblarim meni ularga zarar yetkazadi, deb o‘ylashdi”, deydi Jo Bayden.
AQSHning amaldagi Prezidenti demokratiyani saqlab qolish uning uchun muhim ekanligini qo‘shimcha qildi. Shuning uchun, uning vazifasi respublikachi Donald Trampni mag‘lub etish bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 21 iyul kuni Jo Bayden bo‘lajak prezidentlik saylovlaridan chiqish qarorini e’lon qildi. AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris Baydenning o‘rniga Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida qatnashmoqda. Prezident va Kongress a’zolari uchun saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden avval ham demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qilgani haqida tushuntirish bergandi.
Zebo Turobjonova