Bayden “persona non grata” deb e’lon qilindi

Olam

image

Vengriya Fundamental Huquqlar Markazi shu oyda Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Konservativ Siyosiy Harakat Konferensiyasi (CPAC) uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenni “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqda tashkilotchilar kecha, 1 aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Vengriyadagi CPAC mehmonlari uchun asosiy talab – sahnada adashib qolmaslikdir. Afsuski, Jo Bayden minimal talablarni bajarishga tayyor emas”, deb kinoya qilinadi xabarda.

Shuningdek, ular Baydenning suratini joylab, “persona non grata” so‘zlarini ilova qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 8 mart kuni Floridadagi Mar-a-Lago mulkida amaldagi davlat rahbari Jo Bayden qolib, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya Jo Bayden persona non grata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing