Bayden Parkinson kasalligiga chalinmagan – Oq uy

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emas va ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.

“Prezident Parkinson kasalligi bilan davolanmayapti va bu bo‘yicha hech qanday dori-darmon qabul qilmayapti. Aniqrog‘i, Bayden Parkinsonga umuman chalinmagan”, deya javob bergan Jan-Per.

Biroq Oq uy matbuot kotibi Baydenning yillik tibbiy ko‘riklar doirasida uch marta nevrologga tashrif buyurganini ta’kidladi.

Avvalroq “The New York Post” nashri Oq uyga tashrif buyuruvchilarga tayanib, AQSH Prezidentining davolovchi shifokori Kevin O'Konnor 2024 yilning yanvar oyida Parkinson kasalligiga ixtisoslashgan nevrolog Kevin Kanard bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi. “The New York Times” nashrining yozishicha, Kanard 2023 yilning yozidan 2024 yilning bahorigacha Oq uyga sakkiz marta tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Parkinson kasalligi – markaziy nerv sistemasining surunkali kasalligi. Ingliz shifokori Jeyms Parkinson 1817 yilda ta’riflab bergan ushbu kasallikda muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz bo‘lib, qotib qoladi. Bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq falaj ko‘proq qo‘l panjalaridan boshlanadi. Bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda demokrat gubernatorlar bilan yopiq uchrashuvda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp bilan teledebatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hech qanday jiddiy tekshiruvlarni o‘z ichiga olmagan qisqa tibbiy ko‘rik bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden tibbiy ko'rik Parkinson kasalligi Karin Jan-P'er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made