Bayden Netanyaxuga tanbeh berdi

Olam

image

Oq uy rahbari Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga telefon qilib, tanbeh berdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektoridagi sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar holati haqida noto‘g‘ri ma’lumot bermaslik kerakligini aytgan.

“AQSH Prezidenti Jo Bayden telefon suhbatida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan yolg‘on gapirmaslikni so‘radi”, deya yozadi gazeta.

Shuningdek, AQSH yetakchisi Netanyaxudan kelishuv va sulh bo‘yicha bergan va’dasini bajarishini talab qilgan.

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Baydenning g‘azabiga Netanyaxuning Isroil o‘t ochishni to‘xtatish evaziga HAMAS bilan asirlarni qaytarish kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljiyotgani hamda yaqin orada muloqotni davom ettirish uchun delegatsiya jo‘natishi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Baydenga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri ichki siyosiy sabablarga ko‘ra muzokaralarni shunchaki kechiktirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing