Men ish boshlaganimdan so‘ng AQSH yana “harakatga keldi” – Bayden

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, u Oq uy rahbari lavozimida ish boshlagandan so‘ng mamlakat yana "harakatga kelgan". Bu haqda Oq uy tomonidan tarqatilgan xabarda aytilgan.  

Ta’kidlanishicha, Bayden kecha, 28 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan bugun, 29 aprel kuni ertalab) AQSH Kongressi Senati va Vakillar Palatasi a’zolariga murojaat qilgan. 

O‘z nutqi davomida Prezident AQSH "falokatni umidga, inqirozni imkoniyatga, muvaffaqiyatsizlikni kuchga aylantiradi" deya ta’kidlagan. 

Oq uy rahbari, shuningdek, uning ma’muriyati mamlakat aholisini koronavirusga qarshi emlashdan tashqari, "yuz minglab" ish o‘rinlarini yaratishiga hamda jamiyatda halollik va adolatni kafolatlashga harakat qilayotganiga ishora qilgan. 

Avvalroq, Baydenning reytingi eng past darajaga tushib ketgani haqida xabar bergandik. 

Keyinchalik, AQSH senatori Lindsi Grehem Jo Baydenning prezidentlik lavozimidagi birinchi 100 kunidan unchalik ta’sirlanmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

121

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing