Bayden ma’muriyati jamoasi Oq uydan qochyapti – Zaxarova
Olam
−
30 aprel 2022
17339AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati jamoasi Oq uydan qochib ketmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Hamma qochmoqda. Amerika OAViga ko‘ra, Oq uydan yuqori martabali amaldorlar qochishi boshlangan. Qo‘shma Shtatlardagi ekspertlar bunga ma’muriyat va shaxsan Baydenga ishonch yo‘qligi fonida tushkun kayfiyatni ko‘rsatmoqda”, degan Zaxarova.
U, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar “me’mori”, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Dalip Singxning “to‘satdan dam olish istagi”ga ishora qilgan.
“Ma’lum bo‘lishicha, u yerda bir yil ichida ko‘p odamlar charchagan. Amerika ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Baydenning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi Sedrik Richmond nafaqaga chiqmoqda, Baydenning iqlim bo‘yicha katta maslahatchisi Jina Makkarti ham ketishni rejalashtirmoqda”, deb yozadi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ommaviy axborot vositalari AQSHning iqlim bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri ham “yil oxirigacha bu kemani tark etish”ni o‘ylayotgani haqida yozmoqda.
“AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris safida nimalar bo‘lyapti, men yozishni ham istamayman. U yerda shunchaki ommaviy chiqib ketish. Bosh shtab, matbuot xizmati rahbarlari allaqachon ketgan o‘nlab asosiy xodimlardan o‘rnak olyapti”, deb qo‘shimcha qilgan u.
LiveBarchasi