Bayden Kiyevdan ketgach, Pentagon Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Ukrainaga yana 460 million dollarlik harbiy yordam paketini jo‘natmoqda, bu paketga havo kuzatuvi radarlari, tankga qarshi Javelin raketa tizimlari va HIMARS yalpi raketa tizimlari uchun artilleriya snaryadlari kiradi. Bu haqda Pentagonning bugun, 20 fevral kuni e’lon qilingan yozma bayonotida aytiladi. 

“Bugun AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaning muhim xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun yordamini e’lon qildi. Bu qaror AQSH tomonidan yetkazib berilgan HIMARS va Ukraina o‘z mamlakatini himoya qilish uchun foydalanadigan gaubitsalar uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, shuningdek, qo‘shimcha Javelinlar, tankga qarshi tizimlar va havo kuzatuvi radarlarini o‘z ichiga oladi”, deyiladi hujjatda. 

Xususan, Kiyevga 55 millimetrli artilleriya snaryadlari, 120 millimetrli minomyot snaryadlari va to‘rtta havo kuzatuvi radarlari beriladi. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken so‘nggi harbiy yordam paketi bilan birgalikda e’lon qilgan alohida yozma bayonotida Ukrainaning energiya infratuzilmasini ishlamasligi uchun davom etayotgan favqulodda yordam ishlarini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 10 million dollar ajratilishini ma’lum qildi.  

“Qo‘shma Shtatlar ham butun dunyoni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirishda davom etmoqda. Biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizdan aql bovar qilmaydigan birdamlikni ko‘rmoqdamiz. Biz Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilib, birdamlikda birlashgan 50 dan ortiq davlatni qutlaymiz”, deydi Amerika diplomatiyasi rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga e’lon qilinmagan tashrifi chog‘ida AQSHning Ukrainaga 500 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing