Bayden Kisida bilan uchrashib, Xitoyga qarshilikni kelishib olmoqchi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadigan Nyu-Yorkda taxminiy ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni “Kyodo” agentligi manbalarga tayanib xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tomonlar bunday imkoniyat ustida ishlamoqda. Yig‘ilish kun tartibiga Xitoyga qarshilik, Ukraina atrofidagi vaziyat, shuningdek, Koreya XalQ Demokratik Respublikasining yadroviy raketa dasturi bo‘lishi kutilmoqda. 

Yaponiya Bosh vaziri, shuningdek, Yaponiya raisligida 2023 yil may oyida Xirosima shahrida bo‘lib o‘tadigan Katta yettilik sammitiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qilishni rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, Nyu-Yorkda kutilayotgan uchrashuv oldidan Kisida va Bayden qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniyaga tashrif buyurishi mumkin. Amerika Prezidenti allaqachon sayohat rejalarini tasdiqlagan, Yaponiya Bosh vaziri esa, hali ham shunday imkoniyat ustida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Fumio Kisida

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing