Bayden Xitoyni “soatli bomba” deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoyni “soatli bomba” deb hisoblaydi. Amalda go‘yoki Pekin bilan “ratsional munosabatlar”ga intiladi va Xitoyga zarar yetkazishni istamaydi. Bunday bayonot bilan Amerika yetakchisi kecha, 10 avgust kuni Yuta shtatida o‘zining saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tdi.

"Xitoy soatli bombaga o‘xshaydi", degan Bayden. 

Amerika rahbarining fikricha, Xitoy iqtisodiy qiyinchiliklarga, jumladan, yuqori ishsizlikka duch kelmoqda. 

"Yomon odamlar qiyinchilikka duchor bo‘lganda, ular “qora” ishlardan tap tortmaydi", deya qo‘shimcha qildi u bu borada.

Shuningdek, Bayden "Xitoy bilan oqilona munosabatlar" izlayotganini bildirgan. 

“Xitoyga zarar yetkazmoqchi emasman, lekin uni e’tibordan qochirish ham xato”, deb qo‘shimcha qilgan Amerika rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgust kuni AQSHning Xitoyga kompyuter chiplari singari yuqori texnologiyalarga sarmoya kiritishini taqiqlovchi va boshqa yo‘nalishlarda hukumat xabarnomasini talab qiladigan buyruqni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing