Bayden Xitoy rahbarini palov bilan mehmon qildi

Bu qiziq

image

Kecha, 15 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng, ular kechki ovqatga yo‘l oldi. Kechki ziyofat stolidan qaysi taomlar o‘rin olgani Xitoy markaziy televideniyesida namoyish etildi.

Keltirilishicha, birinchi taom va gazak uchun quyidagi taomlar tortilgan:

  • palov va qovurilgan tovuq,
  • rikotta bilan ravioli (italyancha pishloqli va xamirli taom),
  • artishok chipslari,
  • brokkoli va Bryussel karami.

Desertga esa bodomli pirog bilan beze (fransuzcha pishiriq) hamda pralinli shirinlik tortilgan.

Ichimlik sifatida esa uzum sharbati tanlangan.

Kechki ovqatda davlat rahbarlari bilan birga Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Entoni Blinken va Van I, shuningdek, Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan va Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibiyatining birinchi kotibi Say Si ham qatnashgan.

“Bloomberg” agentligining xabar berishicha, Si Szinpin Amerikaning yetakchi kompaniyalari rahbariyati bilan ham bir dasturxon atrofida uchrashishi kutilmoqda. U bilan bir stolda o‘tirish 40 000 AQSH dollari bo‘lsa, ziyofatda qatnashish narxi 2 000 AQSH dollaridan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing