Bayden Xitoy rahbari bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Olam
−
03 aprel 2024 4535 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat asnosida rahbarlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy jihatlari hamda Ukrainadagi urushni muhokama qilgan. Bayden giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurash, Yaqin Sharqdagi mojaro, Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi va Xitoyning Rossiyani qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtalgan.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar adolatsiz savdo siyosati, hibsga olingan amerikaliklar va TikTok'ning Amerikada bloklanishi mavzularini ham muhokama qilgan.
Bayden ma’muriyatining yuqori martabali mulozimi aytishicha, suhbat AQSH Moliya vaziri va davlat kotibining Xitoyga tashrifi oldidan tashkillashtirilgan. Bu bilan Bayden Xitoyni Rossiyaga harbiy tomonlama yordam berish oqibatlaridan ham ogohlantirmoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbarining may oyi boshida Fransiyaga borishi va u yerda Prezident Emmanuel Makron bilan uchrashishi haqida xabar bergandik.
Otaboyeva Madina
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr