Si Szinpin Fransiyaga boradi
Olam
−
19 mart
4356Xitoy rahbari Si Szinpin may oyi boshida Fransiyaga boradi va u yerda Prezident Emmanuel Makron bilan uchrashadi. Bu haqda Parij va Bryusseldagi bir qancha rasmiylarga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.
Si Szinpinning Yevropaga safari koronavirus pandemiyasidan keyingi mintaqaga birinchi sayohati bo‘ladi.
“Xitoy rahbarining tashrifi Parij va Pekin o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 60 yilligiga to‘g‘ri kelmoqda. Ammo Fransiyadagi kayfiyat ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanalardan farq qilishi mumkin”, deydi safarga tayyorgarlikdan xabardor rasmiy.
Rasmiylarning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy Yevropani Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralarida Rossiya ishtirok etishi zarurligiga ishontirishga harakat qiladi, aks holda Pekin muzokaralarni boykot qiladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu xabar Xitoyning maxsus elchisi Li Xuyning mart oyi boshida Yevropaga safari chog‘ida yetkazilgan.
“Xitoy Si Szinpinning Vladimir Putin bilan “chegarasiz hamkorligi” tufayli buzilgan Yevropa bilan munosabatlarni tiklashga intilmoqda”, deb yozadi nashr.
Bir necha oyga rejalashtirilgan sayohat Vashington va Yevropa poytaxtlarida diqqat bilan kuzatiladi. Germaniya kansleri Olaf Shols esa aprel oyida Xitoyga tashrif buyuradi.
Madina Otaboyeva