Bayden Xitoy bilan ehtimoliy “urush” haqida gapirdi

Olam

image

Vashington Xitoy bilan “sovuq urush”ni xohlamaydi, biroq o‘z pozitsiyalaridan ham chekinmaydi. Bu haqda AQSHning Merilend shtatining Baltimor shahrida o‘tkazilgan ommaviy yig‘ilishda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS. 

“Men Si Szinpin (Xitoy raisi) bilan boshqa rahbarlarga qaraganda ko‘proq gaplashdim va ko‘proq vaqt o‘tkazdim. Siz Bayden Xitoy bilan yangi “sovuq urush” boshlamoqchi ekanligi haqida eshitgansiz. Men Xitoy bilan “sovuq urush”ni xohlamayman”, degan Bayden.

Baydenning ta’kidlashicha, agar Tayvanga hujum qilinsa, Vashington orol xavfsizligini ta’minlashga tayyor. 

“Ha, biz bunday qilishga majburmiz”, degan Bayden berilgan savolga javoban.  

Avvalroq, Xitoyning materik qismi 2025 yilga kelib Tayvanga to‘liq ko‘lamda bostirib kirish uchun barcha imkoniyatga ega bo‘lishi haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, XXR markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan kuchlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan keyin to‘xtatilgan. Orol va Xitoy materigi o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida tiklangan. 1990-yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar — Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab aloqalarni rivojlantirish assotsiatsiyasi va Taypey bo‘g‘ozi almashinuvi fondi orqali bog‘lana boshlagan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatdi. “Yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda, Vashington Taypey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolni qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda. O‘tgan yili AQSHning 45-Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarining yomonlashuvi fonida Tayvan bilan aloqalar va almashinuvlarni sezilarli darajada kuchaytirdi, bu esa Xitoy rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing