Bayden Kaliforniyada kuchli yong‘in sabab favqulodda holat e’lon qildi (foto)

Olam

image

Bugun, 9 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Los-Anjelesda kuchli yong‘inlarga qarshi choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun Favqulodda holat deklaratsiyasini tasdiqladi. Bu haqda shtat gubernatorining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, gubernator Gevin Nyusom va Prezident Jo Bayden Santa-Monikadagi yong‘in stansiyasida Palisades, Iton va Herst hududlarida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in haqida brifing o‘tkazgan.

Deklaratsiyada federal yordam mablag‘lari haqida gap borgan. Bu mablag‘lar davlat va mahalliy hukumatga favqulodda vaziyatlarda zarur xarajatlarni qoplashga yordam beradi. Shuningdek, hujjatda jabrlangan fuqarolar uchun individual yordam dasturlari mavjud bo‘lib, ular vaqtincha turarjoy va vayron bo‘lgan mulk uchun moliyaviy yordamni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ofatni bartaraf etish maqsadida 5 ta katta havo tankeri, 10 ta vertolyot va o‘nlab motorli vositalar taqdim etilgan.

“Los-Anjelesdagi vaziyat juda xavfli va tez o‘zgarib bormoqda. Biz barcha resurslarimizni jalb qilib, aholi xavfsizligini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. Janubiy Kaliforniyada bo‘lgan barcha kishilarga, iltimos, mahalliy idoralar bergan ko‘rsatmalarga rioya qiling va agar evakuatsiya qilishni so‘rasalar, kutmang, tezda uylarni tark eting”, deydi shtat gubernatori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘ini sabab 30 mingdan ortiq aholi uyini tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kaliforniya Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing