Bayden qarz chegarasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi
Olam
−
04 iyun 2023
5077Kecha, 3 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng avvalroq Kongress tomonidan ma’qullangan milliy qarzning yuqori chegarasi haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
"Hech narsa bunday halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin emas edi. Hech kim xohlagan narsasiga erisha olmadi, ammo amerikaliklar o‘zlariga kerak bo‘lgan narsaga erishdilar", deydi Bayden.
Uning qayd etishicha, kelishuvga erishish yo‘lidagi to‘siqlar bundan ortiq bo‘lishi mumkin emas edi.
Bundan oldin Oq uy rahbari xalqqa murojaat qilib, demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishuv muhimligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, deyarli so‘nggi daqiqada erishilgan murosa mamlakatni iqtisodiy inqirozdan qutqarib qoldi.
Bayden qonun loyihasini imzolaganidan keyin Oq uy Kongressdagi Demokratik va Respublikachilar yetakchilariga hamkorligi uchun minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi