Bayden qanday kasalliklarga chalingani ochiqlandi

Olam

image

Kecha, 28 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden qator kasalliklardan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi tegishli hujjat Oq uy tomonidan e’lon qilindi.

Tibbiy hujjatda qayd etilishicha, Amerika Prezidentiga "Obstruktiv uyqu apnoe sindromi" ya’ni tungi dam olish vaqtida nafas olishning keskin kamayishi yoki to‘liq to‘xtashi bilan bog‘liq keng tarqalgan patologiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u xotira buzilishiga, ishlashning pasayishiga va intellektning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 

Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artrit, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti, gastroezofagial reflyuks kasalliklari borligi aniqlangan.

"Bemorda lentigo va aktinik o‘zgarishlar ( terida bir nechta joylarda dog‘lar paydo bo‘lishi) mavjud", deyiladi tibbiy xulosada.

Shuningdek, bosh miya nervlari va vestibulyar funksiyasi normal ekani, tremor (qaltirash), sianoz (ko‘karish) va shishlar yo‘qligi qayd etilgan.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per esa tibbiy ko‘rikdan so‘ng Jo Baydenda hech qanday “yangi kasalliklar”ni aniqlamaganini ta’kidladi. 

“Prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu yilgi tibbiy ko‘rikda xavotirlanish uchun yangi sabablar aniqlanmadi. U hech qanday istisno va imtiyozlarsiz o‘z vazifalarini bajarishga qodir”, deyiladi xabarda.

Doktor ham Amerika yetakchisini “81 yoshli sog‘lom, faol va baquvvat, Prezident sifatidagi vazifalarini, jumladan, hukumat ijroiya hokimiyati rahbari, davlat rahbari va bosh qo‘mondonlik vazifalarini bajarishga qodir odam” deb atadi.

Jo Baydenning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlar noyabr oyidagi prezidentlik saylovlari oldidan ochiqlandi, biroq uning sog‘lig‘i va yoshi haqidagi munozaralar davom etmoqda.

Masalan, 9-10 fevral kunlari ABC News/Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning 86 foizi 81 yoshli Bayden ikkinchi muddatga Prezident bo‘lish uchun “juda qari” deb o‘ylashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden Michigan shtatidagi praymerizda g‘alaba qozongandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing