Bayden Isroilga 8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi – “Reuters”

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti  Jo Bayden vakolati tugashidan oldin Isroilga 8 milliard dollarlik qurol paketini sotmoqchi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH davlat departamenti Kongressni Isroilga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar sotish bo‘yicha bitim tuzish niyati haqida norasmiy ravishda xabardor qilgan.  Harbiy yordam ichida qiruvchi va hujum vertolyotlari uchun havo raketalari, artilleriya snaryadlari, kichik diametrli bombalar, qo‘shimcha o‘q-dorilari to‘plamlari, 500 funtli bomba (taxminan 227 kg) va boshqa o‘q-dorilar mavjud.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, kelishuv Isroil xavfsizligini uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Ba’zi qurollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Pentagon omborlaridan Isroilga yetkazilishi kutilmoqda, ammo aksariyat qurollarni yetkazib berish bir yil yoki undan ko‘proq vaqtni oladi. Isroilga ehtimoliy qurol savdosi AQSH Vakillar Palatasi va Senatning Tashqi aloqalar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Senati ko‘pchilik ovoz bilan mamlakatning ayrim qurol tizimlarini Isroilga yetkazib berishni blokirovka qilish bo‘yicha uchta rezolyutsiyani rad etish uchun ovoz bergandi. Aniqlik kiritilishicha, rezolyutsiyalar tank qurollari va granatomyotlar uchun ba’zi o‘q-dorilar, shuningdek, bombalarni boshqarish moslamalariga tegishli. Hujjatlarning mualliflari AQSH Prezidenti Jo Baydenning Isroil va ularning ittifoqchisi, mustaqil senator Berni Sandersga nisbatan siyosatini ma’qullamaydigan demokratlar guruhi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Reuters Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing