Bayden ilk bor Finlyandiyaga bordi
Olam
−
13 iyul 2023
2842Kecha, 12 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden joriy yilning aprel oyida NATOga qo‘shilgan Finlyandiyaga bordi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Keltirilishicha, u mamlakat Prezidenti Sauli Niynistyo, Finlyandiya Vazirlar Mahkamasi rahbari Petteri Orpo, shuningdek, boshqa Shimoliy mamlakatlarning Bosh vazirlari –Ulf Kristersson (Shvetsiya), Yonas Gar Styore (Norvegiya), Mette Frederiksen (Daniya) va Katrin Yakobsdouttir (Islandiya) bilan uchrashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden sobiq prezident Donald Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan besh yil avval bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng Xelsinkiga tashrif buyurgan birinchi AQSH Prezidenti bo‘ldi.
Finlyandiya Oq uy rahbarining Yevropa safari uchun so‘nggi bekat bo‘ladi. Bayden va Shimoliy Yevropa davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzusi xavfsizlik, ekologiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Baydenning Yevropadagi uch davlatga safarini Buyuk Britaniyadan boshladi. 10 iyul kuni u Dauning-strit 10 da Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Vindzor qasrida esa Qirol Charlz III bilan uchrashadi. Shundan so‘ng AQSH rahbari 11 va 12 iyunga mo‘ljallangan NATO yetakchilari bilan muzokaralar oldidan Litva poytaxti Vilnyusga bordi.
LiveBarchasi