Bayden ilk bor Berlinga boradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hamda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan Ukrainaga keyingi yordamni muhokama qilish uchun Berlinga tashrif buyuradi. Bu haqda “Der Tagesspiegel” xabar berdi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden prezidentlik kursisini egallaganidan beri Berlinga ilk bor tashrif buyuradi. U Germaniya poytaxtiga prezidentlik saylovlariga bir oydan kamroq vaqt qolganda – 10 oktyabr kuni tashrif bilan keladi va u yerda 3 kun qoladi.

Gazetaning yozishicha, AQSH, Fransiya, Germaniya hamda Britaniya o‘rtasidagi to‘rtlik formatidagi uchrashuv Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi.

Bir hafta oldin Amerikaning “The Hill” gazetasi Prezidentning atrofidagilarga tayanib, Baydenning Berlinga borish rejalari haqida xabar bergan edi. Biroq sayohat vaqti e’lon qilinmadi. Hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Tashrif amalga oshsa, bu Baydenning qariyb to‘rt yillik prezidentlik davrida ikki tomonlama munosabatlar doirasida Germaniyaga ilk tashrifi bo‘ladi. AQSH Prezidenti Berlinga oxirgi marta bunday tashrif bilan sakkiz yil oldin kelgan – bu Barak Obama edi. Shu bilan birga, 2022 yilda Bayden Bavariyaning Ellmau shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida ishtirok etgan va 2023 yilda Ramshteyn harbiy bazasiga yoqilg‘i quyish uchun qo‘ngan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvarida 81 yoshli Jo Bayden prezidentlikdan ketadi. O‘tgan yozda, o‘z partiyasining bosimi ostida, u ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi, shundan so‘ng Demokratlar vitse-prezident Kamola Harrisni o‘z nomzodi sifatida ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qilgandi. Yetakchilar AQSH-Germaniya munosabatlari bilan birga Ukrainaga xavfsizlik, gumanitar, iqtisodiy va siyosiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni hamda ukrain xalqi bilan global birdamlikni saqlash muhimligini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Jo Bayden Olaf Shol'ts Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing