Bayden G‘azodagi urushni olti hafta to‘xtatib turishga chaqirdi
Olam
−
13 fevral
4806AQSH Prezidenti Jo Bayden garovga olinganlarni ozod qilish uchun Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglarda olti haftalik tanaffus qilishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
AQSH yetakchisiga ko‘ra, otashkesim ko‘proq tinchlik uchun zamin yaratishi mumkin bo‘ladi. Kelishuvning “asosiy elementi”ni esa muzokaralar orqali kelishib olish taklif qilingan.
“Kelishuv G‘azoga kamida olti hafta davomida barqaror tinchlik davrini olib keladi, keyin esa biz yanada mustahkamroq bitim uchun vaqt ajratishimiz mumkin”, deydi Bayden dushanba kuni Oq uyda Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashuvdan so‘ng.
AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning josuslik agentligi rahbarlari 13 fevral kuni Misr va Qatarning yuqori darajadagi mulozimlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi kutilayotgan edi. Uchrashuv Qohirada bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.
Keyingi paytlar Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga bo‘lgan e’tirozini kuchaytirib, uni tinch aholini himoya qilishga undamoqda edi.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Xalqaro hamjamiyat Isroilning Rafah shahriga bostirib kirishi tahdidiga jim tura olmasligi haqida xabar bergandik.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi