Bayden Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Eronga qarshi 1995 yil kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy veb-saytida xabar berilgan. 

"Eron Hukumatining harakatlari va siyosati AQSHning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga g‘ayrioddiy tahdid solishda davom etmoqda", deyilgan bayonotda. 

Manbaga ko‘ra, Bayden, xususan, Eron tomonidan qurollarning ko‘payishi va rivojlanishi, uning "mintaqaviy tajovuz kampaniyasi", terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining "zararli harakatlari"ni ta’kidlagan. 

Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif shu paytgacha AQSH siyosatida hech qanday o‘zgarishlarni ko‘rmayotgani va amaldagi Prezident Jo Bayden salafi Donald Trampning siyosatini takrorlayotganini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing