Bayden amerikaliklarni immigrantlar xalqi deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Shtatlar muhojirlardan iborat ekanini ta’kidladi. U bu haqda kecha, 5 may kuni Meksika bayrami munosabati bilan Oq uyda o‘tkazilgan tadbirda gapirgan.  

“Biz muhojirlar xalqimiz. Bu haqda gapiramiz, lekin odamlar o‘zlarini bunga ishonmagandek tutishadi. Va bu bizning kuchimiz”, degan Bayden. 

5 may kuni Meksikada 1862 yilda ikkinchi fransuz imperiyasi armiyasi bilan bo‘lgan jangdagi g‘alaba nishonlanadi, AQSHda esa bu Amerika-Meksika do‘stligi kunidir. 

Tadbirda birinchi xonim Jill Bayden ham ishtirok etgan. Prezident nutqi oldidan tomoshabinlardan biri, ya’ni Jill Bayden qichqirgan: “Biz sizni yaxshi ko‘ramiz, Jo”. 

Prezident yig‘ilganlarning kulgisiga javoban, hech bo‘lmaganda zaldagi bir ayol uni yaxshi ko‘rishini ta’kidlagan. Keyin esa u xotiniga bo‘lgan his-tuyg‘ularini tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

491

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing