Bayden AQSHni defoltdan qutqarish uchun qarz chegarasini ko‘tardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden hukumat qarzining chegarasini 480 milliard dollarga oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq uyga asoslanib xabar berilgan.  

“14 oktyabr, payshanba kuni Prezident davlat qarzi chegarasini 480 milliardga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi, bu federal hukumat o‘z majburiyatlarini dekabr oyining boshigacha to‘liq bajarishda davom etishi uchun yetarli bo‘ladi”, deyilgan bayonotda. 

Avvalroq, agar 18 oktyabrgacha chegarani tasdiqlash uchun zarur choralar ko‘rilmasa, mamlakat nazariy jihatdan defoltga duch kelishi haqida ogohlantirilgan edi. 

Qo‘shma Shtatlarda, aksariyat davlatlardan farqli o‘laroq, qarz chegarasi qonun bilan belgilanadi va Kongress ruxsatisiz uni oshirib bo‘lmaydi.  

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning qarzi 2021 yil mart oyining oxirida – 28 trln dollarni, ya’ni yalpi ichki mahsulotning 101 foizini tashkil qildi va o‘sishda davom etmoqda. Ayni damda uning miqdori – 28,5 trln dollar. Bunday ulkan qarz AQSH tarixida faqat bir marotaba – Ikkinchi jahon urushidan so‘ng hosil bo‘lgan edi. 1946 yilda AQSH qarzi YAIMning 106 foizini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qarz Bayden

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing