Bayden AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash niyatida 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdel Aziz al-Saud bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. 

Suhbat davomida amerikalik siyosatchi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish istagini bildirgan. 

Bundan tashqari, Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar iloji boricha ochiqroq bo‘lishini xohlaydi. 

Suhbatdoshlar "mintaqaviy xavfsizlik, shu jumladan BMT va AQSHning Yamandagi urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi harakatlari" masalalarini muhokama qilgan. 

Muloqot natijasida tomonlar umumiy qiziqish uyg‘otadigan masalalar ustida ishlashga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing