Bayden AQSH Prezidentligi tomon yana bir qadam tashladi
Olam
−
06 iyun 2020
6100AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden Milliy Demokratik partiyalar majlisida delegatlardan yetarlicha ovoz to‘pladi. Bu unga Prezidentlik saylovi poygasini davom ettirish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. Bunday taxminlarni kecha, 5 iyun kuni “Associated Press” va “The New York Times” nashrlari taqdim etdi.
2 iyun kuni AQSHning bir qator shtatlarida bo‘lib o‘tgan birlamchi saylov natijalariga ko‘ra, Bayden hozirda 1 993 ovozga ega. Kongressda ovoz berishning birinchi bosqichida Prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun ariza beruvchidan 1 991 nafar delegatning qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.
Demokrat senator Berni Sanders 8 aprel kuni “poyga”dan chiqqanidan so‘ng, Bayden uchun Prezidentlikka nomzod yo‘lida raqib qolmagan edi. Biroq o‘shanda delegatlarning kerakli ovoziga ega emasdi.
Baydenni mamlakatdagi eng yuqori davlat lavozimiga nomzod deb atalishi kerak bo‘lgan AQSH Demokratik partiyasining Milliy majlisi koronavirus pandemiyasi tufayli 17-20 avgustga qoldirildi. U Miluokida (Viskonsin shtati) bo‘lib o‘tadi.
AQSHning amaldagi rahbari Donald Tramp allaqachon Prezident saylovlarida respublikachilar tomonidan nomzodi ko‘rsatilishi uchun delegatlarning yetarli ovozini qabul qilib olgan.
AQSHda Prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi