Bayden AQSH Prezidenti bo‘lsa, ommaviy qirg‘in uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Olam

image

Amerikaning Los-Anjelesdagi aksilterror bo‘limi xodimlari AQSHda bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod Jou Bayden g‘olib chiqsa, ommaviy qirg‘in uyushtirishga va’da bergan odamni hibsga oldi. Bu haqda “Los Angeles Times” gazetasi yozmoqda.

Qo‘lga olingan erkak juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy qotillik tahdidlarini joylashtirganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Instagram’da agar Bayden Prezident bo‘lsa, maktabda qirg‘in uyushtirish bilan tahdid qilingan video haqida xabar topishgan. Videodagi odam "barcha demokratlarni otib tashlashga" ham chaqirgan.

Tergovchilar hibsga olingan kishining uyida tintuv o‘tkazishdi. Ta’kidlanishicha, rasmiylar unga qarshi ayblov e’lon qilmagan bo‘lsa-da, ular voqeani baholash bosqichida. Gazeta manbalarining ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi hibsda saqlanmoqda. Keyinroq uning ruhiy holati ham tekshiriladi.

Avvalroq, ovoz berish natijalariga ko‘ra, Jo Bayden Pensilvaniya shtatida yetakchilikni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing