Bayden USAID rahbari lavozimiga nomzod ko‘rsatdi 

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq doimiy vakili Samanta Pauerni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. 

Asli irlandiyalik 50 yoshli Pauer 2013 yildan 2017 yilgacha AQSHning BMTdagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan. U 2003 yilgi Pulitser mukofoti sovrindori. 

"U bizning hamkorlarimiz bilan COVID -19 pandemiyasiga qarshi kurashish, zaif guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, har bir insonning qadriyatlari uchun kurashish va butun dunyo bo‘ylab Amerika g‘oyalari va manfaatlarini ilgari surish uchun ishlaydi", deyilgan Bayden jamoasi bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari lavozimi egasi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining a’zosi ham hisoblanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar irlandiyalik ushbu lavozimga tayinlansa, uning asosiy vazifalaridan biri AQSHni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) a’zoligini qaytarish bo‘ladi. Mamlakat 2020 yil iyul oyida rasman JSSTga a’zoligini bekor qilgan edi. Jo Bayden esa agar saylovlarda g‘alaba qozonsa, AQSH qaytadan JSSTga a’zo bo‘lishiga va’da bergandi.

Qayd etish kerakki, USAID orqali AQSH dunyo davlatlariga moddiy yordam ko‘rsatib keladi. O‘zbekistonga ham aynan shu tashkilot orqali koronavirus pandemiyasi davrida bir necha marta tibbiy vositalar yetkazib berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Pauer

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing