Bayden AQSH 60 dan ortiq mamlakatga vaksina jo‘natganini ma’lum qildi

Olam

image
O‘zbekiston vaksina zaxirasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘ldi north_east

O‘zbekiston vaksina zaxirasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘ldi

AQSH dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlariga 110 million dozadan ortiq COVID-19 vaksinalarini xayriya qilgan va jo‘natgan. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.  

Qo‘shma Shtatlarda emlash sekinlashgani sababli vaksinalar ortiqcha zaxiralardan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 12 yoshdan oshgan 90 millionga yaqin amerikaliklar hali bitta ham vaksina dozasini olmagan. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ma’lum qilishicha, joriy yilning avgust oyi oxiridan mamlakat 2022 yilning iyuniga qadar 100 ta kam ta’minlangan davlatlarga tarqatilishi kerak bo‘lgan Pfizer vaksinalarini yetkazib berishni boshlaydi. Iyun oyida Oq uy Baydenning past va o‘rta daromadli mamlakatlarga 80 million dozalik vaksinalarni yetkazib berish va’dasiga muvofiq, 55 million doza koronavirusga qarshi vaksina olishi kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgan. 

Bayden, shuningdek, AQSH past va o‘rta daromadli mamlakatlarga dunyoning qolgan qismiga qaraganda ko‘proq vaksinalar hadya qilinganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi bir hafta ichida Qo‘shma Shtatlarda koronavirus infeksiyalari va ular bilan bog‘liq o‘limlar sonining ko‘payishi qayd etildi, bu Amerika rasmiylarini xavotirga solmoqda. Bu davrda shifoxonaga yotqizilganlar soni 41 foizga, o‘limlar soni kuniga 300 ta — 25 foizga oshgan. 

Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 36 049 015 kishiga yetgan. 630 497 kishi kasallikdan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Bayden

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing