Bayden 39 mahkumni qamoqdan ozod qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakat zamonaviy tarixidagi eng katta kechirishni amalga oshirdi. Trampning inauguratsiyasidan oldin u taxminan 1500 amerikalikning jazosini yengillashtirdi, 39 mahkumni qamoqdan ozod qildi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

“Amerika imkoniyatlar va ikkinchi imkoniyatlar va’dasiga asoslangan. Mening kechirishimga arzigan insonlarni kechirishni sharaf deb bilaman”, deydi Bayden.

Oq uyga ko‘ra, barcha kechirilgan jinoyatchilarning xulqi yaxshi bo‘lgan va tartibni saqlagan. Jazosi yengillatilgan mahkumlar, o‘z navbatida, COVID-19 pandemiyasi vaqtida qamoqdan ozod etilib, uy qamog‘iga olingan va belgilangan jazoning kamida bir yilini uyda o‘tkazgan.

Ta’kidlanishicha, bu kechirish akti zamonaviy AQSH tarixidagi eng yirik kechirish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Xanterni afv etganidan so‘ng mamlakat sudi unga qarshi noqonuniy qurol saqlash ishi bo‘yicha da’vo ishini yopgandi. Delaver okrug sudyasi Marellen Noreyka Xanter Baydenga nisbatan hukm chiqishidan bir hafta oldin da’vo ishini yopgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing