Bayden 3035 yilda Xitoy AQSHni zabt etishi haqida gapirdi 

Olam

AQSH Prezidenti Jo Bayden Virjiniya shtati Xempton shahridagi harbiy bazada xizmat qilayotganlar bilan suhbat chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpin 3035 yilga kelib AQSHni “egallab olishiga” ishonayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Fox News” xabar bergan.  

“Biz demokratiya va avtokratiya o‘rtasidagi kurashdamiz. Dunyo qanchalik murakkablashsa, demokratik davlatlarning birlashishi va yakdil qaror topishi shunchalik qiyinlashadi. Men dunyoning boshqa yetakchilariga qaraganda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ko‘proq vaqt o‘tkazdim: 24 soat. U Xitoy 3035 yilgacha Amerikaga ega bo‘lishiga qat’iy ishonadi, chunki avtokratiyalar qarorlarni tezda qabul qilishi mumkin”, degan Bayden. 

Amerika rahbari so‘zlariga izoh bermagan va Oq Uydan ham hozircha javob bo‘lmagan. “Fox News” Bayden 2035 yilni nazarda tutgan deb taxmin qilmoqda. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSH razvedka agentliklariga COVID-19 kelib chiqish manbasini topish va natijalari to‘g‘risida 90 kun ichida hisobot berish bo‘yicha harakatlarni ikki baravar ko‘paytirishni buyurgandi. 

So‘ng, Xitoyning AQSHdagi elchixonasi Amerikaning bu harakati pandemiyaga qarshi kurashni qiyinlashtirishi haqida ogohlantirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing