Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini rasman e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodini rasman e’lon qildi. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.

“To‘rt yil avval prezidentlikka nomzodimni qo‘yganimda, biz Amerikaning ruhi uchun kurashayotganimizni aytgan edim. Hozir esa to‘xtash vaqti emas. Shuning uchun men qayta saylanish uchun o‘z nomzodimni qo‘yyapman”, degan Prezident. 

Shuningdek, Bayden videomurojaatida uning vazifasi Amerika demokratiyasini himoya qilish ekanini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2024 yilning noyabriga prezidentlik saylovi bo‘lishi belgilangan edi. Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp o‘z nomzodini 2022 yil noyabrida e’lon qildi. AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli ham Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, huquqshunos va siyosatchi kichik Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatishini aytdi. Respublikachilardan Florida gubernatori Ron de Santis, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Demokratlardan esa vitse-prezident Kamola Xarris, transport kotibi Pit Buttijich, senator Berni Sanderslar ham prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden prezidentlik saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing