AQSHda prezidentlikka nomzodlar yana bittaga ko‘paydi
Olam
−
13 mart 2023
11015Kecha, 12 mart kuni AQSHning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.
“Men Respublikachilar partiyasidan 2024 yilgi prezidentlikka nomzodni so‘zsiz va chin yurakdan qo‘llab-quvvatlayman. Agar bu men bo‘lsam”, degan Mayk Pens.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp o‘z nomzodini 2022 yil noyabrida e’lon qilgan edi. AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli ham Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, huquqshunos va siyosatchi kichik Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatishini aytgan. Amaldagi Prezident Jo Bayden ham qayta saylanishga umid qilayotganini bildirgan.
LiveBarchasi