Bavariyadagi qurolli hujumda 2 yashar bola halok bo‘ldi
Olam
−
23 yanvar
1498Germaniyaning Bavariya federal yeridagi Ashaffenburg shahrida yuz bergan pichoqli hujum oqibatida ikki kishi, jumladan ikki yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa shahar markazidagi Shyontal bog‘ida sodir bo‘lgan. Hujum oqibatida 41 yoshli erkak va 2 yoshli bola halok bo‘lgan. Ikki kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonada davolanmoqda.
Mazkur hodisani sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli afg‘onistonlik erkak qo‘lga olingan. U boshpana so‘rovchilar markazida yashagan. U ancha avval mamlakatni tark etish haqida buyruq olgan. Afg‘onistonlik shaxs Germaniyaga 2022 yilning noyabr oyida kelgan, lekin unga boshpana berilmagan. O‘tgan yil oxirida u ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etishini e’lon qilgan. Shundan so‘ng uning boshpana so‘rovi to‘xtatilgan, lekin u mamlakatda qolgan.
Hodisa guvohining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs “bo‘g‘uvchi usul” qo‘llangan holda hibsga olingan. Hodisaning sabablari hozircha noaniq. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi qochishga uringan paytda temiryo‘l izlari orqali harakat qilgani bois poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. 9 gektarli Shyontal bog‘i to‘sib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil poytaxti Tel-Avivda marokashlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum uyushtirib, to‘rt kishi yaralangandi.
LiveBarchasi