“Bavariya” yarim himoyachisi “Real”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Bavariya” yarim himoyachisi Korenten Tolisso “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.

Futbolchining myunxenliklar safidagi holati yning Madridga yoki Angliya Premer liga klubiga o‘tishini tobora oydinlashtirmoqda. Tolissoning “Bavariya” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amalda bo‘ladi. U shartnomani uzaytirishni istamasligini allaqachon ma’lum qilgan.

Futbolchining xizmatlariga “Qirollik klubidan”  tashqari PSJ, “Atletiko”, “Tottenxem” va “Yuventus” ham qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Myunxen klubi Germaniya chempionatining 17-turida “Volfsburg”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, qishki ta’tilga chempion sifatida yo‘l olgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Tolisso joriy mavsum Bundesliganing 7 ta o‘yinida ishtirok etgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real Futbol PSJ Bavariya Tolisso

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing