“Bavariya” o‘z yetakchisini sotmoqchi
Sport
−
10 iyun
1959“Bavariya” germaniyalik yarim himoyachi Yozua Kimmix bo‘yicha yirik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ayni damda “Bavariya” va Kimmix o‘rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va myunxenliklar jiddiy taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi yozda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqchi. Shuningdek, “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Yozua Kimmixning myunxenliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Kimmix o‘tgan mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi