“Bavariya” “Sevilya” ustidan g‘alaba qozonib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi UEFA Superkubogi bahsida qo‘shib berilgan vaqtda Ispaniyaning “Sevilya” klubini mag‘lub etdi. Yakuniy hisob 2:1 bo‘ldi.

O‘yin Budapeshtda “Ferens Pushkash” stadionida o‘tkazildi. O‘yinda hisobni “Sevilya” futbolchisi Lukas Okampos 13-daqiqada ochdi. Keyinroq Leon Goretska (34-daqiqada) hisobni tenglashtirdi. Hal qiluvchi golni 104-daqiqada Xavi Martines o‘z hisobiga yozdi.

Ta’kidlanishicha, o‘yin tomoshabinlar bilan o‘tgan. Stadion 67 ming muxlisga mo‘ljallangan, biroq 30 foizini to‘ldirishga ruxsat berilgan. Shuning uchun 15,1 ming chipta sotilgan.

“Bavariya” o‘z tarxida ikkinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Birinchi marta u 2013 yilda chempionlar kubogini o‘ziniki qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Sevil'ya Superkubok

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing