“Bavariya” o‘rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasiga 27 ta javobsiz gol urdi

Sport

image

Kecha, 18 iyul kuni Germaniyaning “Bavariya” klubi “Rottax-Egern” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda myunxenliklar 27:0 hisobida “Rottax-Egern”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bahsning dastlabki 45 daqiqaligida “Bavariya” raqib darvozasini 18 marta ishg‘ol qildi. Unda Matis Tel va Jamal Musialalar penta-trik qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri 3 ta gol urdi. Leroy Sane, Dayo Upamekano, Nussair Mazraui, Konrad Laymer va Alfonso Devislar bittadan golga mualliflik qildi.

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Marsel Zabitserning o‘zi 5 ta, Rafael Gerreyru, Rayan Gravenberx, Kingsli Koman va Sadio Mane bittadan gol urdi. 

Ma’lumot uchun, “Rottax-Egern” Germaniyaning to‘qqizinchi divizionida to‘p suruvchi jamoa hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Rottax-Egern

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing