“Real” aqlli siyosat yuritib, “Bavariya” yetakchisini arzonroqqa sotib olmoqchi

Sport

image

Kanada terma jamoasi va "Bavariya" klubi a’zosi Alfonso Devis 2024 yilda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Madridning "Real" klubi kanadalik futbolchini arzonroq narxda sotib olish niyatida. Alfonsoning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi. "Real Madrid" Devisni o‘z safiga futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganda taklif qiladi, o‘shanda uning narxi sezilarli darajada pasayadi.

"Transfermarkt" portali himoyachining narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Devis Bundesligada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Devis

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing