“Bavariya” sobiq futbolchisi mashg‘ulotlarda olgan jarohati oqibatida vafot etdi
Sport
−
21 mart 2025 8787 1 daqiqa
Xitoyning “Beyjing Goan” klubi futbolchisi Guo Jiasyuan mashg‘ulotlar vaqtida boshidan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Daily mail” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Guo 2025 yilning fevral oyida Ispaniyadagi mashg‘ulotlar vaqtida boshidan jarohat olib, koma holatiga tushib qolgan. Uzoq vaqt davom etgan urinishlarga qaramasdan Guo Jiasyuanning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Qayd etish joiz, Guo 19 yoshda edi.
Ma’lumot o‘rnida, Guo Myunxening “Bavariya” klubi akademiyasida to‘p tepgan.
Live
Barchasi