“Bavariya” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 17 oktyabr kuni Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya Bundesligasining sakkizinchi turida Leverkuzenning “Bayer”ini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv myunxenliklarning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda Nagelsmann shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Robert Levandovski va Serj Gnabri dubl qayd etgan bo‘lsa, Tomas Myuller o‘z hisobiga yana bir golni yozdirib qo‘ydi.

“Farmatsevtlar” jamoasi esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Patrik Shikning yagona goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Bavariya” 19 ochko to‘plab, Bundesliga turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bayer” 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya BUNDESLIGA Bayer

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing