“Bavariya” posti uchun asosiy nomzod e’lon qilindi

Sport

image

Agar Tomas Tuxel “Bavariya”dan ketsa, myunxenliklar klub murabbiyligi lavozimiga “Bayer”ning ispaniyalik ustozi Xabi Alonsoni taklif qiladi. Bu haqda “The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda ispaniyalik mutaxassis Tuxel o‘rniga birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi, biroq “Bavariya” rahbarlari Tuxelni shoshilinch iste’foga chiqarish niyatida emas. 

Qayd etilishicha, myunxenliklar Bundesliganing 23-turi doirasidagi o‘yinda “RB Leypsig”ga yutqazsa, Tomas iste’foga chiqariladi.

Joriy mavsum Germaniya chempionatining 22-turidan keyin “Bavariya” peshqadam “Bayer”dan 8 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “RB Leypsig”ga qarshi o‘yin 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Tomas Tuxel' Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing