“Bavariya”ning rekordi buzildi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bittaga uzaytirdi.

30 noyabrga o‘tar kechasi Tomas Tuxel shogirdlari Myunxenda “Kopengagen” bilan durang o‘ynadi – 0:0.

Shunday qilib, nemis klubi Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 39 ta o‘yinga yetkazdi. “Bavariya”ning musobaqadagi g‘alabali seriyasi esa nihoyasiga yetdi. Jamoa 17 ta o‘yindan buyon turnirning guruh bahslarida g‘alaba qozonib kelayotgandi.

Oxirgi marta “Bavariya” guruh bosqichida 2017 yilda PSJdan mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan beri nemis klubi 35 g‘alaba va 4 durang qayd etgan.

YeCHL guruh bosqichining so‘nggi turida myunxenliklar mehmonda “Manchester Yunayted” bilan o‘ynaydi. Bahs 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Evropa Chempionlar ligasi Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made