“Bavariya”ning kiyinish xonasida o‘lik muhit hukm surmoqda – De Ligt
Sport
−
22 may 2023
3383Himoyachisi Matteys De Ligt “Bavariya”ning “Leypsig”ga qarshi o‘yinida uchralgan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Kiyinish xonasida o‘lik muhit hukm surmoqda. Biz faqat o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz kerak. Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatmadik”, deydi De Ligt.
Bundesliganing 32-turida Myunxen klubi “Leypsig”ni qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Dortmundning “Borussiya” klubi 33 uchrashuvda 70 ochko jamg‘arib, “Bavariya”dan o‘zib ketdi va mavsum yakuniga bir tur qolganida Germaniya Bundesligasi turnir jadvalining 1-pog‘onasiga qaytdi. Myunxenliklar o‘z maydonida “Leypsig”ga qarshi kechgan o‘yindagi salbiy natija ta’sirida peshqadamdan 2 ochko ortda qolib, chempionlikni boy berishi mumkin.
De Ligt yozgi transfer oynasida “Bavariya”ga o‘tgandi. Niderlandiyalik futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. De Ligt avvalroq Turinning “Yuventus” klubida o‘ynagan, futbolchi Italiya klubiga 2019 yilda “Ayaks”dan o‘tgan.
LiveBarchasi